30/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Farg‘ona viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari (xizmatlari)ning umumiy hajmi 30 599,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shundan:

dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 29 118,3 mlrd so‘m;

o‘rmon xo‘jaligi – 1 348,5 mlrd so‘m;

baliqchilik xo‘jaligi – 132,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.


Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar:

Farg‘ona - 3 683,4 mlrd so‘m

Qo‘shtepa - 2 524,7 mlrd so‘m

Bag‘dod - 2 255,7 mlrd so‘m

Rishton - 2 224,9 mlrd so‘m

O‘zbekiston - 1 959,2 mlrd so‘m

Buvayda - 1 920,9 mlrd so‘m tumanlarida qayd etildi.


Eng kam hajm esa:

Marg‘ilon shahri - 450,1 mlrd so‘m

Qo‘qon shahri - 496,4 mlrd so‘m

So‘x tumanida - 537,0 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.