30/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 171,6 ming tonna meva va sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,9 % yoki 5,1 ming tonnaga kamaygan.

Shu bilan birga, hisobot davrida qiymati 148,5 mln AQSH dollarini tashkil etgan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,8 % ga ko‘p bo‘lib, meva-sabzavot mahsulotlarining jami eksportdagi ulushi 30,9 % ni tashkil etdi.