30/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Toshloq tumanida asosiy kapitalga 1 228,8 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

 Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar 85,5 % ulush bilan asosiy manba bo‘ldi.

Qolgan investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 Aholi mablag‘lari — 8,3 %

 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 4,7 %

 Respublika budjeti mablag‘lari — 1,0 %

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 0,5 %