03/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 5 751,0 tonna baliq yetishtirildi.

 Hisobot davrida baliq yetishtirish hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 21,7 % ga oshib, akvakultura va baliqchilik tarmog‘ida yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

 Baliq yetishtirish hajmining ortib borishi viloyatda baliqchilikni rivojlantirish, aholini sifatli oqsil manbai bo‘lgan mahsulotlar bilan ta’minlash hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.