03/08/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Qo‘shtepa tumanida asosiy kapitalga 1 161,2  mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

 Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar yetakchi o‘rinni egallab, jami investitsiyalarning 72,4 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 aholi mablag‘lari — 12,7 %

 tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 11,5 %.

 korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 1,9 %

 respublika budjeti mablag‘lari — 1,5 %