03/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 1 413,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga o‘sdi. Bu esa viloyatda telekommunikatsiya, internet, axborot texnologiyalari va boshqa axborotlashtirish xizmatlariga bo‘lgan talab hamda ushbu sohaning izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.