03/08/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, hajmi 27 155,0  mlrd so‘mni tashkil etdi.

 Seksiyalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi quyidagicha:

— ishlab chiqarish sanoati – 27 155,0  mlrd so‘m (91,6 %)

— tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash – 113,6 mlrd so‘m (0,4 %)

— elektr gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 2 100,0 mlrd so‘m (7,1 %)

— suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 279,2 mlrd so‘m (0,9 %)