Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Marg‘ilon shahrida asosiy kapitalga 1 520,3 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar yetakchi o‘rinni egallab, jami investitsiyalarning 78,3 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:
korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 6,9 %
aholi mablag‘lari — 6,5 %
respublika budjeti mablag‘lari — 5,0 %
tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 3,3 %.




