04/08/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Qo‘qon shahrida asosiy kapitalga 2 679,6 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

 Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar yetakchi o‘rinni egallab, jami investitsiyalarning 76,8 % ini tashkil etdi.

 Shuningdek, investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 15,0 %

 aholi mablag‘lari — 4,4 %

 respublika budjeti mablag‘lari — 2,8 %

 tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 0,6 %

 Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi — 0,4 %