05/08/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga Bag‘dod tumanida 1 495 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.

 2026-yilning yanvar–iyun oylarida tumanda:

 sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 557,6 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 109,2 % ni;

 bozor xizmatlari hajmi 700,2 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 117,6 % ni;

 chakana savdo aylanmasi o‘sishi  107,5 % ni;

 qurilish ishlari hajmi 293,7 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 133,3 % ni tashkil etdi.

 Mazkur ko‘rsatkichlar Bag‘dod tumanida tadbirkorlik, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasining barqaror rivojlanib, hududning iqtisodiy salohiyati izchil yuksalib borayotganini ko‘rsatadi.