Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 11,9 ming tonna sabzi eksport qilindi. Eksportning umumiy qiymati 3,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
2025-yilning mos davriga nisbatan sabzi eksporti 2,3 ming tonnaga oshdi, bu esa viloyatda ushbu mahsulotning tashqi bozorlardagi talabi ortib borayotganini ko‘rsatadi.




