Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Qo‘qon shahrida 4 468,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Hisobot davrida sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tarmoqda barqaror o‘sish qayd etildi.
2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Qo‘qon shahrida 729 ta sanoat korxonasi va tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Bu esa ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.




