Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasiga 1 073,2 mlrd so‘m asosiy kapital investitsiyalari o‘zlashtirildi.
Mazkur investitsiyalar viloyatda o‘zlashtirilgan asosiy kapital investitsiyalarining 4,2 foizini tashkil etdi.
Ushbu mablag‘lar agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.




