12/08/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida axborot va aloqa xizmatlari sohasiga 47,7 mlrd so‘m asosiy kapital investitsiyalari o‘zlashtirildi.

 Mazkur investitsiyalar viloyatda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapital investitsiyalarining 0,2 foizini tashkil etdi.

 Axborot va aloqa sohasiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar raqamli infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda xizmatlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.