Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun 630,9 mlrd so‘m asosiy kapital investitsiyalari o‘zlashtirildi.
Mazkur mablag‘lar viloyatda jami o‘zlashtirilgan asosiy kapital investitsiyalarining 2,5 foizini tashkil etdi.
Ushbu investitsiyalar sohada moddiy-texnik bazani mustahkamlash, xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.




