13/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 95,7 % ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 9,1 % ga oshgan.

 Shu davrda avtomobil transportida yuk aylanmasining 97,0 % kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati 111,9 % ni tashkil etdi.

 Yo‘lovchi tashish xizmatlarida ham kichik biznesning ulushi yuqori bo‘lib, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish umumiy hajmining 97,6 % ini tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 100,8 % ga teng bo‘ldi.

 Avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasining 98,5 % ham kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2025-yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 102,1 % ni tashkil etdi.