13/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda san’at, ko‘ngilochish va dam olish xizmatlari sohasini rivojlantirishga 177,2 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar yo‘naltirildi.

 Mazkur investitsiyalar viloyatda ushbu davrda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 0,7 foizini tashkil etdi.

Kiritilgan investitsiyalar san’at va ko‘ngilochar infratuzilmani rivojlantirish, dam olish xizmatlari ko‘lamini kengaytirish hamda sohada yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.