14/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatda turar-joy qurilishi sohasini rivojlantirish uchun 3 999,6 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar yo‘naltirildi.

 Mazkur investitsiyalar viloyatda hisobot davrida o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 15,6 foizini tashkil etdi.

 Ushbu ko‘rsatkich hududda turar-joy qurilishi va infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar salmog‘i yuqoriligini ko‘rsatadi.