Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Farg‘ona viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) o‘sishi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida qayd etilgan ijobiy natijalar bilan bog‘liq bo‘ldi.
Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,5 %, sanoatda 108,3 %, qurilishda 122,4 %, xizmatlar sohasida esa 110,0 % o‘sish sur’ati qayd etildi.
Xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlarida – 122,7 % ni tashkil etdi. Savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari 113,4 %, boshqa xizmat tarmoqlari esa 103,3 % o‘sdi.
YAHM tarkibida xizmatlar sohasi 49,2 % ulush bilan eng katta hissaga ega bo‘ldi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 27,3 %, sanoatniki 15,7 %, qurilishniki esa 7,8 % ni tashkil etdi.
18/08/2026



