20/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga viloyatda savdo sohasida chet el investitsiyasi ishtirokida 152 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularning:

 111 tasi — xorijiy korxonalar

 41 tasi — qo‘shma korxonalar

Demak, savdo sohasidagi chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning 73 foizdan ortig‘ini xorijiy korxonalar tashkil etmoqda.

 Ushbu ko‘rsatkich viloyatda savdo sohasining xorijiy investorlar uchun jozibadorligi ortib borayotganini, xalqaro hamkorlik va investitsiyaviy faollik esa izchil rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.