20/08/2026

Farg‘ona viloyati iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya kiritayotgan davlatlar geografiyasi tobora kengaymoqda.Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, xorijiy investorlar orasida Xitoy yetakchi o‘rinni egallab turibdi.

 Xitoy — 245 ta korxona

Bu viloyatdagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi faol korxonalarning 37,2 foizini tashkil etadi.

Xorijiy sarmoyadorlar orasida boshqa davlatlarning ham salmoqli ulushi mavjud:

 Rossiya Federatsiyasi — 17,1 %

 Turkiya — 12,0 %

 Janubiy Koreya — 4,6 %

 Qirg‘iz Respublikasi — 4,4 %

 Raqamlar — hamkorlik geografiyasining ko‘zgusi. Xitoy, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Qirg‘iziston kabi davlatlarning Farg‘ona iqtisodiyotidagi ishtiroki viloyatning xalqaro investitsiyaviy aloqalari tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda.