Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil yanvar-iyun oylarida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 135 643,2 tonna poliz ekinlari yetishtirildi.
Hududlar kesimida poliz ekinlari yetishtirish hajmida Dang‘ara tumani 17,8 % ulush bilan yetakchilik qildi. Keyingi o‘rinlarni Oltiariq (10,8 %), Qo‘shtepa (10,0 %), Buvayda (9,6 %) va Yozyovon (9,1 %) tumanlari egalladi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari esa Farg‘ona shahrida — 155,7 %, O‘zbekiston tumanida — 151,3 %, Oltiariq tumanida — 136,1 %, Bog‘dod tumanida — 135,0 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, Yozyovon (131,9 %), Toshloq (131,0 %), So‘x (126,9 %) tumanlari hamda Marg‘ilon shahrida (126,9 %) poliz ekinlari yetishtirish hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan.




