26/08/2026

 Qo‘shtepa tumanida umumta’lim muassasalari vakillari uchun “1-umumta’lim” statistik hisobotini to‘ldirish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi. Aniq va ishonchli statistik ma’lumotlar — ta’lim tizimini rivojlantirish, mavjud holatni to‘g‘ri baholash va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishning muhim omilidir.


Shu maqsadda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan umumta’lim muassasalarida statistik hisobotlarni to‘g‘ri, aniq va sifatli shakllantirish bo‘yicha amaliy seminarlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, joriy yilning 25-avgust kuni

boshqarmaning Turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi tomonidan Qo‘shtepa tumanida navbatdagi amaliy seminar o‘tkazildi. Unda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.



Tadbirda Turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi boshlig‘i M. Rahimova hamda bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari R. Kodirovalar tomonidan hisobotni to‘ldirish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar, ma’lumotlarni shakllantirish va hisobot ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aks ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



Shuningdek, statistik ma’lumotlarni shakllantirishda xolislik, haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari ham muhokama qilindi.