26/08/2026

 Farg‘ona viloyatida chorvachilik tarmog‘ida barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar soni 859,3 ming boshni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,7 % ga ko‘p.

 Qo‘y va echkilarning asosiy qismi — dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida umumiy chorva tarkibida qo‘y va echkilarning xo‘jaliklar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

 86,8 % — dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida;

 12,1 % — fermer xo‘jaliklarida;

 1,1 % — qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda.

 Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, viloyatda qo‘y va echki boqishda dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining ulushi yuqori. Bu esa aholining chorvachilikdagi faol ishtiroki va mazkur yo‘nalishning xonadonlar darajasidagi ahamiyatini yaqqol namoyon etadi.