26/08/2026

Yozyovon tumanida umumta’lim muassasalari vakillari uchun “1-umumta’lim” statistik hisobotini to‘ldirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Bugun ta’lim tizimida qabul qilinayotgan har bir qaror ortida aniq va ishonchli ma’lumotlar turadi. Shu bois statistik hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish nafaqat hisobot topshirish talabi, balki ta’lim tizimining real holatini baholash va uning kelgusi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashning muhim vositasi hisoblanadi.

Xususan, 25-avgust kuni boshqarmaning Turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Unda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.



 Seminar davomida “1-umumta’lim” hisobotini to‘ldirish tartibi, ko‘rsatkichlarni shakllantirishda e’tibor qaratiladigan jihatlar, ma’lumotlarni to‘g‘ri aks ettirish hamda amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan muammoli holatlar batafsil tushuntirildi.



 Shuningdek, statistik ma’lumotlarni shakllantirishda xolislik, haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.