Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 9 205,1 ming bosh parranda mavjudligi qayd etildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 foizga kamaygan.
Parrandalar umumiy sonining xo‘jaliklar kesimidagi taqsimoti ham e’tiborga molik:
57,2 % — dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga;
23,7 % — qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga;
19,1 % — fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, viloyatda parrandachilikning asosiy ulushi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa xonadonlarda parrandachilikning oziq-ovqat ta’minoti va aholi daromadlarini shakllantirishdagi o‘rnini yana bir bor ko‘rsatadi.




