Farg‘ona viloyatida qurilish sohasi tadbirkorlik faolligi va kichik biznesning yuqori ulushi bilan ajralib turibdi.
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga viloyatda qurilish sohasida 2 440 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.
2 418 tasi — tadbirkorlik subyektlari;
2 387 tasi — kichik biznes subyektlari.
Raqamlarga nazar tashlasak, qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning mutlaq ko‘pchiligini tadbirkorlik subyektlari tashkil etadi. Ularning asosiy qismini esa kichik biznes vakillari egallamoqda.
Bu ko‘rsatkich Farg‘onada qurilish yo‘nalishida tadbirkorlik tashabbuslari, kichik biznes faolligi va yangi imkoniyatlar salmog‘i yuqori ekanini ko‘rsatadi.




