Farg‘ona viloyatida chorvachilikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yilqichilikda o‘sish qayd etilmoqda. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 8,9 ming bosh ot mavjudligi qayd etildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 % ga ko‘paygan.
Otlarning xo‘jaliklar kesimidagi taqsimoti:
5,3 ming bosh — dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida;
3,3 ming bosh — fermer xo‘jaliklarida;
0,3 ming bosh — qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda.
Raqamlar e’tiborga molik: otlarning asosiy qismi, ya’ni 5,3 ming boshi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.




