Savdo — iqtisodiy faollik va tadbirkorlik harakatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga viloyatda savdo sohasida 13 490 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.
13 490 tasi — tadbirkorlik subyektlari;
13 429 tasi — kichik biznes subyektlari.
Raqamlar nimani ko‘rsatadi? Savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarning deyarli barchasi tadbirkorlik subyektlari bo‘lib, ularning asosiy qismini kichik biznes vakillari tashkil etmoqda.
13,4 mingdan ortiq korxona — bu Farg‘ona savdo bozoridagi yuqori tadbirkorlik faolligi va kichik biznesning muhim o‘rnini ifodalovchi ko‘rsatkichdir.




