27/08/2026

Aniq va ishonchli statistika — ta’lim tizimini to‘g‘ri baholash uchun muhim. Joriy yilning 26-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi tomonidan Buvayda tumanidagi umumta’lim muassasalari mas’ullari uchun “1-umumta’lim” statistik hisobotini to‘ldirish va topshirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

 Seminar davomida hisobotni to‘g‘ri to‘ldirish, ma’lumotlarni aniq kiritish va xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.



 Shuningdek, statistik ma’lumotlarni tayyorlashda aniqlik, xolislik va shaffoflikka rioya qilish muhimligi ta’kidlandi.