Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2026- yil yanvar-iyul oylari holatiga аholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 9 247,7 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori qayd etildi:
Eng yuqori ko‘rsatkichlar:
Farg‘ona shahri — 21 626,1 ming so‘m
Qo‘qon shahri — 15 441,2 ming so‘m
Uchko‘prik tumani — 12 832,2 ming so‘m
Quvasoy shahri — 12 028,6 ming so‘m
Sanoat rivojida yuqori o‘sish sur’atlari viloyatda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 106,5 % ni tashkil etdi.
Ayrim hududlarda esa ushbu ko‘rsatkich viloyat darajasidan ham yuqori bo‘ldi:
Rishton tumani — 118,8 %
Marg‘ilon shahri — 111,7 %
Yozyovon tumani — 111,1 %
Quva tumani — 110,7 %
So‘x tumani — 110,4 %
Beshariq tumani — 109,5 %
Quvasoy shahri — 108,8 %



