Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga Buvayda tumanida 1 547 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Sanoat. Tumanda 726,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Fizik hajm indeksi — 113,7 %.
Xizmatlar va savdo. 747,6 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi. Xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,0 % ga oshdi. Chakana savdo — 109,0 %. Ulgurji savdo — 165,7 %
Qurilish Tumandagi 61 ta qurilish tashkiloti tomonidan 393,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga ko‘p. Qurilish ishlarining tarkibi:
Yirik qurilish tashkilotlari — 9,9 mlrd so‘m
Kichik korxona va mikrofirma — 331,6 mlrd so‘m
Norasmiy sektor — 51,7 mlrd so‘m
Buvayda tumanida sanoat, xizmatlar, savdo va qurilish yo‘nalishlarida iqtisodiy faollikning o‘sishi kuzatilmoqda.




