O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari doirasida hududlarda tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, ayni damda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF–190-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 15-oktabridan 30-noyabriga qadar mamlakatimizda biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Mazkur muhim tadbirni sifatli tashkil etish, uning mazmun-mohiyati va o‘tkazilish tartibi, biznesni ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, respondentlar qamrovi, ma’lumotlarni taqdim etish usullari hamda ro‘yxatga olish jarayonining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.





