19/10/2026

 2026- yilning 15- oktabridan mamlakatimiz bo‘ylab biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga start berildi.

 Shu munosabat bilan Bag‘dod tumaninining “Ittifoq”, “Samandarak” hamda “Bedarak” MFY hokim yordamchilari o‘z mahalla hududlaridagi iqtisodiy birliklarni ro‘yxatga olish ishlariga kirishdi.

 Ushbu jarayonning asosiy maqsadi — hududlardagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar hamda boshqa iqtisodiy faoliyat yurituvchilar to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat.
 
 Har bir biznes — hudud iqtisodiyotining muhim bo‘g‘ini! Ro‘yxatga olish natijalari mavjud iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.