Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning tahlil qilinayotgan davrida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari tarkibida telekommunikatsiya xizmatlari yetakchi o‘rinni egalladi.
Telekommunikatsiya xizmatlarining asosiy ko‘rsatkichlari:
62,1 % — aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi;
110,1 % — 2025- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati.
Tahlillarga ko‘ra, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining o‘sishida telekommunikatsiya xizmatlari muhim o‘rin tutmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,1 % ga oshgan. Telekommunikatsiya xizmatlarining umumiy hajmdagi yuqori ulushi ushbu yo‘nalish aloqa va axborotlashtirish sohasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri ekanini ko‘rsatadi.




