15/10/2026

 “Yangi Farg‘ona” gazetasining 82-sonida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyevning “Biznesni ro‘yxatga olish — muhim iqtisodiy jarayon” mavzusidagi maqolasi chop etildi.

 Maqolada mamlakat iqtisodiyotini samarali boshqarish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarning rivojlanish imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashda ishonchli statistik ma’lumotlarning ahamiyati yoritilgan.

 Shuningdek, 2026- yil 15- oktabrdan 30- noyabrga qadar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan biznesni ro‘yxatga olish tadbirining maqsad va vazifalari, uning iqtisodiyotning real holatini o‘rganish, mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda kelgusidagi ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashdagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritilgan.