30/04/2024

Joriy yilning 26-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib,  kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun – mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. 

U o‘z so‘zida qarorda ko‘rsatilgan  energoresurslar bilan bog‘liq bir qator yangiliklar joriy qilinganligi, xususan: maishiy iste’molchilar uchun ijtimoiy me’yorlar belgilanganligi, qaror bilan, 1 maydan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun elektr energiyasi – oyiga 200 kWh'gacha, tabiiy gaz (mart–oktabr oylarida) – oyiga 100 kubometrgacha, tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kubometrgacha ijtimoiy me’yorlar belgilanganligi tushuntirildi. Geografik va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitish mavsumi respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda oktabr–fevral oylari deb belgilanligi, shu bilan birga ehtiyojmand oilalar kompensatsiya olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi kerakligi, kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar noyabr – mart oylarida (har oyning 15-sanasigacha) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qillari, bunda, arizada pasport ma’lumotlari, abonent raqami va telefon raqami ko‘rsatiladi. Ariza berilgan oyning 27-sanasigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ bilan birgalikda o‘rganilishi, o’rganish natijasi asosida kompensatsiya pullari ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasigacha ehtiyojmand oilalarning plastik kartasiga o‘tkazib berilishi haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng kun tartibidagi ikkinchi masala uyzasidan korrupsiyaga sabab bo‘layotgan holatlarni hamda jamiyatni bu balodan qutqarish masalasi muhokamasini yo‘lga qo‘yish hamda bu haqda keng jamoatchilikni, xalqaro hamjamiyatni xabardor qilib borish dolzarb ahamiyatga egaekanligi, iqtisodiyotimizni yanada jadal yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi bilan chambarchas bog‘liqligi, bu maqsad yo‘lida barchamiz birlashishimiz, bir yoqadan bosh chiqarishimiz, hamjihat va hamfikr bo‘lishimiz, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatini nafaqat qo‘llab-quvvatlashimiz, balki unda faol ishtirok etishimizni bugungi davrning o‘zi taqazo etayotganini unutmasligimiz shart va zarur ekanligi haqida to‘xtalib o‘tildi.