30/09/2026

Bugun sizlarga Farg‘ona viloyati sanoat sohasining 2026- yil yanvar–iyul oylaridagi asosiy ko‘rsatkichlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘taman.

2026- yil 1- avgust holatiga viloyatda 6 560 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Shundan 1 067 tasi oziq-ovqat mahsulotlari, 842 tasi kiyim-kechak, 578 tasi tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning yanvar–iyul oylarida viloyatda 39 trillion 197,6 milliard so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,4 foizni tashkil etdi.

Sanoat tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning hajmi 36 trillion 163,6 milliard so‘mni, jami sanoatdagi ulushi esa 92,3 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, tog‘-kon sanoatida 146 milliard so‘mlik, elektr, gaz va bug‘ bilan ta’minlash sohasida 2 trillion 555 milliard so‘mlik, suv bilan ta’minlash va chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida esa 333 milliard so‘mlik mahsulot va xizmatlar yaratildi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish viloyat bo‘yicha o‘rtacha 9 million 247,7 ming so‘mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati viloyat bo‘yicha 106,5 foizni tashkil etdi.

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 23 trillion 965,8 milliard so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Ularning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 61,1 foizni tashkil etdi. 2025- yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 56,7 foiz bo‘lgan.

Umuman, hisobot davrida viloyat sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sib, kichik biznesning sohadagi ulushi ham ortib bordi.