08/10/2026

 2026- yil 25- sentabr kuni Farg‘ona shahridagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Nurmatov ishtirok etib, so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berdi.

 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 10- sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni mazmuniga alohida e’tibor qaratildi.

 Seminar davomida statistika tizimini modernizatsiya qilish, ma’lumotlar sifatini oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda 2026- yil 15- oktabrdan 30- noyabrga qadar o‘tkaziladigan biznesni ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha belgilangan vazifalar tushuntirildi.

 Shuningdek, Prezidentning 2026- yil 22- sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–202-son Farmoni bilan joriy etilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berildi.



Axborot xizmati.