Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 951,5 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 354,3 mln AQSH dollariga yoki 22,2 % ga oshdi.
Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha shakllandi:
Eksport hajmi — 723,2 mln AQSH dollari, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,4 % ga oshdi.
Import hajmi — 1 228,3 mln AQSH dollari, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,9 % ga oshdi.
Tashqi savdo balansi
2026- yilning yanvar–avgust oylarida import hajmining eksportdan yuqori bo‘lishi natijasida 505,1 mln AQSH dollari miqdorida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.




