12/10/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil 1- sentabr holatiga viloyatda jami 6 696 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

 Faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarining asosiy qismi quyidagi yo‘nalishlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda:

 Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish — 1 080 ta (16,1 %);

 Kiyim ishlab chiqarish — 860 ta (12,8 %);

 Mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish — 591 ta (8,8 %).

 Shuningdek, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyatda 45 739,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 2025- yilning mos davriga nisbatan 108,5 % ni tashkil etdi. Bu sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi real hisobda 8,5 % ga oshganini anglatadi.