12/10/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida Farg‘ona viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 59 816,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 2025- yilning mos davriga nisbatan 116,3 % ni tashkil etib, xizmatlar hajmi 11 224,9 mlrd so‘mga oshdi.

 Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar. Hisobot davrida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 14 112,3 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davrida 11 672,8 ming so‘mga teng bo‘lgan. O‘sish sur’ati esa 114,3 % ni tashkil etdi.

 Kichik tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi ulushi.Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 45 739,8 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi. Ularning jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 76,5 % ni tashkil etdi. Shuningdek, jami bozor xizmatlarining 47,7 % i kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi.