12/10/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyatda jami 15 423,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 16,5 % ga oshdi.

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining tarkibi quyidagicha:

 Binolar va inshootlar qurilishi — jami qurilish ishlarining 69,5 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,7 % ga o‘sdi.

 Fuqarolik obyektlari qurilishi — umumiy hajmning 24,1 % ini tashkil etib, o‘sish sur’ati 22,5 % ni tashkil etdi.

 Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari — jami qurilish ishlarining 6,4 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,7 % ga oshdi.

 Tahlillarga ko‘ra, viloyatda bajarilgan qurilish ishlarining asosiy qismi binolar va inshootlar qurilishi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.